Minimal isteʼmol xarajatlari qiymati oshdi

    Shu yilning 2024-yil may oyidan hisoblangan minimal isteʼmol xarajatlari qiymati bir oyda kishi boshiga 648 ming soʻmni tashkil etdi.

    Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.

    Taʼkidlanishicha, shu yilning 1-mayidan mamlakatimizda yoqilgʻi-energetika resurslari narxlari oshishi hisobga olgan holda minimal isteʼmol xarajatlari qiymatini qayta koʻrib chiqildi.

    Shunga koʻra minimal isteʼmol xarajatlari qiymati bir oyda kishi boshiga 621 ming soʻmdan 648 ming soʻmga oshiriladi.

    Jahon tajribasida minimal isteʼmol xarajatlari koʻrsatkichidan kambagʻallik chegarasi sifatida foydalanish keng tarqalgan boʻlib, mazkur koʻrsatkichdan:

    • davlatning moddiy va boshqa ijtimoiy koʻmaklariga muhtoj aholining maqsadli (target) guruhini aniqlash;
    • kambagʻallikka qarshi kurashish strategiyasi va dasturlarida belgilangan vazifa va chora-tadbirlarning natijadorligi hamda manzilliligini oshirish, shuningdek, ularning doimiy monitoringini yuritish;
    • pensiyalar va nafaqalarning eng kam miqdorini belgilash, shuningdek, kambagʻal oilalarga beriladigan boshqa turdagi moddiy koʻmaklarni koʻrsatishda mezon sifatida foydalaniladi.