Minsk shahrida “Oʻzbek kinosi kunlari” oʻtkazildi

    Madaniyat 15 Sentabr 2021 1774

    Belarus Respublikasining Minsk shahrida 10-12-sentyabr kunlari ilk bor “Oʻzbek kinosi kunlari” oʻtkazildi.

    10-sentyabrda Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Ezgu film” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan kinorejissyor Jahongir Ahmedovning “Ilhaq” tarixiy badiiy filmi, 11-sentyabrda “Islomxoʻja” tarixiy badiiy filmi namoyish etildi.

    12-sentyabrda esa Oʻzbekiston xalq artisti, rejissyor Shuhrat Abbasovning “Sen yetim emassan” badiiy filmi namoyish etildi. Qoʻshni davlat kino muxlislari tomonidan oʻzbek filmlari iliq kutib olindi, deb xabar beradi Kinematografiya agentligi matbuot xizmati.