Fotokoʻrgazma Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining oʻttiz uch yilligini keng nishonlash va Toshkent shahri sayyohlik salohiyatini keng targʻib etish maqsadida tashkil etildi.
Unda Oʻzbekiston poytaxti – Toshkent shahrining boy madaniy va tarixiy merosiga oid, shuningdek, mamlakatimizning boshqa shaharlari aks etgan rang-barang fotosuratlar namoyish etilyapti.
Fotokoʻrgazmaning tantanali ochilish marosimida soʻzga chiqqan mamlakatimiz elchixonasi xodimlari Oʻzbekiston va Belarus oʻrtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlash muhimligini taʼkidlab, bunday tadbirlar ikki tomonlama munosabatlar hamda oʻzaro hamjihatlikni rivojlantirishga xizmat qilishiga ishonch bildirdilar, deb xabar beradi “Dunyo” AA.
Koʻrgazma noyabr oyining oʻrtalariga qadar davom etadi.