Bugun — 10 may kuni «Uzbekistan Airways» AJ aviakompaniyasi tomonidan Toshkent – Dehli – Toshkent havo yo'nalishi orqali maxsus (charter) reys ham tashkil etiladi. SHuningdek, bugun yana Toshkent-Seul-Toshkent yo'nalishida charter reys qo'yilishi kutilmoqda. 8 may kuni BAAdan vatandoshlarni olib kelish uchun ham charter reys tashkil etilgan edi.

eslatib o'tamiz, Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev 7 may kuni bo'lib o'tgan  videoselektor yig'ilishida O'zbekistonga qayta olmagan 11 mingga yaqin xorijdagi vatandoshlarimizni Rossiya, Turkiya, Dubay va boshqa davlatlardan olib kelinishini aytgan edi.