Tadbirda AQSHda istiqomat qiladigan vatandoshlar, shuningdek, Oʻzbek tili va madaniyati ixlosmandlari klubining xorijlik aʼzolari qatnashdi. Ular orasida AQSH, Meksika, Gretsiya, Italiya, Yamayka, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Peru, Xitoy, Kanada va boshqa davlatlar fuqarolari bor edi.

Badiiy kechada Alisher Navoiyning keng va serqirra ijodidan namunalar, qolaversa, kelajak avlodlarga qoldirgan oʻgitlaridan sahna koʻrinishlari namoyish etildi.

Anjumanda ishtirokchilar Oʻzbekiston rahbariyati tomonidan oʻzbek tilining xalqaro nufuzini oshirish boʻyicha amalga oshirayotgan ishlarni yuqori baholadi. Ushbu saʼy-harakatlar oʻz samarasini berayotgani taʼkidlandi.

Tadbir yakunida AQSH hududida navoiyxonlik kechalarini muntazam oʻtkazishga kelishib olindi.