Buxoro viloyati bosh imom-xatibi lavozimida xizmat qilib kelayotgan Jobir domla Elov Mir Arab Oliy madrasasiga rektor etib tayinlandi. Bu haqida viloyat hokimligi rasmiy manbalarida xabar berildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining shaxsan tashabbusi bilan tashkil qilingan mazkur diniy taʼlim muassasa oliy Islom bilim yurti hisoblanadi.

Shu bilan birga, hozirgi vaqtda Buxoro viloyatida yangi tashkil qilingan Mir Arab oliy madrasasidan tashqari Mir Arab islom oʻrta maxsus bilim yurti ham oʻz faoliyatini davom ettirib kelmoqda.