Mirobodda matiz elektiroskuter bilan toʻqnashdi

    Ijtimoiy tarmoqlarda matiz bilan elektroskuter toʻqnashib ketganligi boʻyicha xabarlar tarqaldi.

    Holat boʻyicha Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

    Qayd etilishicha, shu yilning 1-iyul kuni soat 23:30 larda Mirobod tumani Fargʻona yoʻli koʻchasida 2002-yilda tugʻilgan Ж.П. Matiz rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, bir yoʻnalishda harakatlanib ketayotgan 1999-yilda tugʻilgan А.Х. boshqaruvidagi Elektroskuter transport vositasi bilan toʻqnashuv sodir etdi.

    Maʼlumotlarga qaraganda yoʻl transport hodisasi oqibatida skuter haydovchisi tan jarohat olgan.

    Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.