Mirzacho'l tumanida nuroniylar uchun velo-sayl tashkil etildi

    Unda tumandagi nuroniylar ishtirok etib, ular 1,5 kilometr masofada velosipedda sayr qildi.

    Mirzacho'l tumani “Bog'bon” qishloq fuqarolar yig'inida Mahalla va nuroniylarni qo'llab-quvvatlash, sportni rivojlantirish bo'limlari bilan hamkorlikda velo-sayl tashkil etildi.

    Unda tumandagi nuroniylar ishtirok etib, ular 1,5 kilometr masofada velosipedda sayr qildi. Tadbirda ishtirok etgan nuroniylardan 3 nafariga mahalla va nuroniylarni qo'llab-quvvatlash bo'limining esdalik sovg'alari topshirildi.