Ushbu tajribani ommalashtirish uchun Mirzachoʻlda innovatsion qishloq xoʻjaligi maktabi tashkil qilinmoqda. Butun respublikadagi 1 ming nafar fermer ushbu maktabda choʻl sharoitida paxta yetishtirish boʻyicha oʻqitiladi. Mazkur maktabda oʻqib, sertifikat olgan fermerlarga reytingda qoʻshimcha 10 ball beriladi.
Shu bilan birga, ilgʻor fermerlarni ustoz sifatida kam hosil olayotgan fermerlarga biriktirib, har ikki tomonga ham manfaatli boʻladigan tizim qilinadi.
Ustoz fermerlar oʻz tajribasini shogird fermerga oʻrgatib, hosilni 50 sentnerdan oshirishga koʻmaklashsa, 5 million soʻm mukofot oladi.









