Mirzaobod tumanida "Kamaz" yonib ketdi

    Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida harakatlanib ketayotgan "Kamaz" yonib ketishi natijasida kuzovining yarmi va boshqa joylari zararlangan.

    Bu haqda Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

    Shu yilning 9-iyul kuni tungi soat 22:08da Mirzaobod tumani "Oqoltin" MFY hududidan oʻtuvchi Toshkent Termiz A-373 avtoyoʻlining 36 km.da harakatlanayotgan "Kamaz" rusumli yuk avtomashinasining salon qismi, 4 ta baloni hamda kuzovi qisman yongan.

    Hodisa oqibatida hech kim jarohatlanmagan.

    Voqea joyiga yongʻin-qutqaruv ekepajlari jalb qilinib, yongʻin soat 22:36 da batamom oʻchirilgan.

    Hozirda yongʻin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.