Tumanda yangi sanoat korxonalari tashkil etish, qishloq xoʻjaligida islohotlarni davom ettirish boʻyicha muhim vazifalar belgilab berildi. Mahsulotni saqlash va qayta ishlashga moʻljallangan korxonalar tashkil etish, aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi.
Sessiyada tashkiliy masala koʻrib chiqildi:
Sessiya qaroriga koʻra, tuman hokimi Xamidulla Kurbonovich Abdullayev egallab turgan vazifasidan ozod etildi.
Jonibek Muzaffarovich Yariyev Mirzaobod tumani hokimi lavozimini egalladi.
Jonibek Yariyev 1981-yilda Tojikiston Respublikasi, Soʻgʻd viloyatida tugʻilgan, 2008-yilda Guliston davlat universiteti (sirtqi), 2011-yilda Toshkent moliya instituti (kunduzgi), 2015-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi - iqtisodiyot.
U 2001-2015-yillarda moliya tizimida turli lavozimlarda ishlagan, 2015-2016-yillarda Sirdaryo viloyati davlat mulkini ijaraga berish markazi direktori oʻrinbosari, 2016-2017-yillarda Sirdaryo viloyati Guliston shahar hokimligi hududni kompleks rivojlantirish boʻlimi boshligʻi, 2017-2020-yillarda Sirdaryo viloyati Guliston shahar hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosari boʻlgan.
Jonibek Yariyev tayinlovga qadar Sirdaryo viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosari kotibiyati mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.
Sirdaryo viloyati hokimligi Axborot xizmati