10-sentabr kuni Milliy matbuot markazida Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetining 2024-2025-oʻquv yiliga tayyorgarlik masalalariga bagʻishlangan matbuot anjumani oʻtkazildi.
Dastlab universitet masʼullari tomonidan Oʻzbekiston Milliy universitetida yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik, oʻquv jarayonlari sifatini oshirish, HEMIS axborot tizimini joriy etishni takomillashtirish, talabalarni turar joy bilan taʼminlash, ularga bilim olishi, salohiyatini namoyon qilishi uchun qoʻshimcha imtiyoz va kulaylik yaratish, yosh tadqiqotchilar uchun qulay imkoniyatlarni yoʻlga qoʻyish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar xususida batafsil maʼlumot berildi.
Matbuot anjumanida ishtirok etgan OAV vakillari, jurnalist va blogerlar Oʻzbekiston Milliy universiteti masʼullaridan oʻzlarini qiziqtirgan savollari boʻyicha javob olishdi. Maʼlumot oʻrnida mavzu Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti oʻzining bir asrdan oshiq faoliyati mobaynida nafaqat mamlakatimiz va mintaqamiz, balki jahon miqyosidagi minglab salohiyatli kadrlar, ilm-fanning ilgʻor vakillarini tarbiyalagan, ilm-fan maktablarini yaratgan otaxon dargohdir.
Oʻzbekiston Milliy universiteti 1918-yilda tashkil etilgan, dunyoning top-1000 universitetlari qatoridan joy olgan boʻlib, taʼlimning deyarli barcha fundamental yoʻnalishlari boʻyicha Oʻzbekiston oliygohlari uchun respublikadagi tayanch oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi.