Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, Lacetti rusumli avtomashina haydovchisi — 2000-yilda tugʻilgan A.X. chorrahada harakatlanayotgan vaqtda chapga burilish qoidasini buzib, xizmat olib borayotgan YPX inspektorini urib yuborgan.

Hodisa oqibatida jabrlangan inspektorga shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam koʻrsatilgan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati barcha haydovchilar va piyodalarni harakat qoidalariga qatʼiy amal qilishga chaqirmoqda.