Unda shahar va tuman bosqichlaridan saralab olingan 65 nafar yoshlar hudud muammolariga yechim boʻladigan loyihalari bilan ishtirok etishdi.
20 nafar eng yaxshi loyiha taqdimotini oʻtkazgan yoshlar saralanib oliib, tanlovning respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.
Viloyat bosqichi gʻoliblariga 2,7 mln soʻm miqdoridagi bir martalik pul yutugʻi va esdalik sovgʻalari topshirildi.
— Tanlovda Koʻzti ojiz va zaif koʻruvchi bolalarga brayl alifbosini oʻrgatadigan “aqlli” oʻyinchoqlar haqidagi loyiham bilan qatnashdim. Gʻoliblar qatorida ekanimdan xursandman. Alohida taʼlimga ehtiyoji bor bolalar uchun yana yangi va qiziqarli hamda foydali loyihalar yaratishni maqsab qilganman, — deydi Eʼzoza Farxodjonova.