Mirzo Ulugʻbekning piyolasini Britaniya muzeyi qancha mablagʻ evaziga sotib olgan?

    Britaniya muzeyining “Al-Buxoriy” islom dunyosi galereyasida saqlanayotgan mashhur “Ulugʻbek piyolasi” har bir oʻzbekistonlikning gʻururidir, chunki taxminlarga koʻra undan mashhur matematik va astronom, Ami Temurning nabirasi, Shohrux Mirzoning oʻgʻli, 1400-yillarda Samarqandni boshqargan buyuk Ulugʻbek ibn Shohruh foydalangan.

    Ushbu piyola zaytun-yashil rangli nefritdan yasalgan, ism va unvon arab harflarida oʻyib yozilgan: Ulugʻbek Koʻragon. Idishning dastasi piyola chetini tishlayotgan xitoylik shoxsiz ajdaho - “Chi Long” haykalchasi bilan bezatilgan. Piyolaning chetidagi yoriqni yopib turgan kumush plastinkada oʻyib yozilgan turkiy yozuv Ollohning marhamatini madh yetadi va, “Ollohning marhamati cheksizdir”, deb tarjima qilinadi.

    Ulugʻbekning piyolasini 1959-yilda Britaniya muzeyi 50 funt sterling yevaziga sotib olgan.

    Baʼzi maʼlumotlarga koʻra, piyola XV asrning birinchi yarmida Samarqandda mahalliy hunarmand tomonidan yaratilgan. Temuriylar nefritni juda ham yoqtirishgan, uni gʻalaba toshi deb hisoblashgan va undan xanjar tutqichlari va boshqa harbiy aslahalarni yasashda foydalanishgan. Temuriylar davridagi nefritdan yasalgan oʻymakorlik asarlarining aksariyati, afsonaviy toshga mehr qoʻygan Ulugʻbekning hukmronligi bilan bogʻliq: maʼlumki, Goʻri Amirdagi yashil nefritdan yasalgan toshni Mirzo Ulugʻbek Samarqandga olib kelgan.

    “Oʻzbekiston madaniy merosi loyihasi” telegramm kanalining yozishicha, Ulugʻbekning piyolasi bu vaqt va makondan tashqarida boʻlgan bebaho obyektdir. U nafaqat Oʻzbekiston, balki butun dunyo madaniyati uchun qadrli hisoblanadi. “Oʻzbekiston madaniy merosi Buyuk Britaniya toʻplamlarida” nomli yangi nashrining sahifalarida siz ajdodlarimizning Markaziy Osiyodan Usmonli imperiyasi va zamonaviy Yevropaga qilgan sayohatlari sirlarini hamda temuriylarning boshqa nefritlari haqidagi hikoyalarni topasiz...