Misr delegatsiyasi aʼzolari “Yangi Oʻzbekiston” bogʻiga tashrif buyurib, Mustaqillik monumentiga gulchambar qoʻydi.
Mehmonlarga ushbu meʼmoriy ansambl mazmuni va oʻziga xos jihatlari haqida maʼlumot berildi, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.
Tashrif davomida Abdulvahob Abdulroziq boshchiligidagi delegatsiyaning Oliy Majlis palatalari rahbarlari bilan uchrashuvlari hamda koʻhna Samarqandning tarixiy va meʼmoriy obidalariga tashrifi rejalashtirilgan.