Quruvchilar qurilish materiallarini tashish uchun daryoning hozirda mavjud bo'lmagan irmog'idan foydalanganliklari aniqlandi. Xususan, taxminan 4500 yil avval mavjud bo'lgan suv landshaftlari va daryoning yuqori sathi Giza piramidasi majmuasining qurilishini, qurilish materiallarni tashishni osonlashtirgan.
Xeops piramidasi nomi bilan mashhur bo'lgan ehrom miloddan avvalgi XXVI asrda qurilgan bo'lib, balandligi taxminan 230 metr bo'lgan. U umumiy massasi 5,75 million tonna bo'lgan 2,3 million tosh blokidan iborat.
Olimlar ulkan inshootlarni qurish uchun zarur bo'lgan yirik ohaktosh va granitlarni ko'chirish uchun qadimgi misrliklar Nil daryosining oldingi irmoqlaridan foydalanganligi haqidagi taxminni ilgari surib kelishardi. Bugungi kunda esa Nilning suv yo'llari piramidalar joylashgan joydan juda uzoqlashib ketgan, deyiladi korrespondent.net saytida.