Misr elchisi “Ipak yoʻli” universitetiga tashrif buyurdi

    Turizm 8 Aprel 2021 759

    Misr Arab Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Amira Fahmi xonim “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universitetiga amaliy tashrif buyurdi.

    Tashrif universitetda elchilar, xorijiy delegatsiyalar, xalqaro tashkilotlar vakillari tomonidan oʻtkaziladigan bir qator sayyor maʼruzalar doirasida amalga oshirildi.

    Amira Fahmi xonim talabalar uchun “ Guest lecture” oʻtkazdi. Yigʻilganlarga Misr Arab Respublikasining sayyohlik salohiyati haqidagi qisqa videorolik namoyish etildi. Fahmi xonim taʼkidlanganidek, videorolikda qadimgi Misr tilidan foydalanilgan.

    Bundan tashqari, universitetda Amira Fahmi xonim va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari, turizm va sport vaziri, “Ipak yoʻli” universiteti rektori A. Abduhakimov oʻrtasida rasmiy suhbat-muzokaralar boʻlib oʻtdi. Muzokaralar chogʻida taʼlim sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama etildi. Rektor mustahkam aloqalarni qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, ikki mamlakat oliy oʻquv yurtlari oʻrtasida talabalar va oʻqituvchilarning toʻsiqsiz harakatlanishi uchun akademik koʻprik oʻrnatish zarurligini taʼkidladi.

    “Ipak yoʻli” universitetida tahsil olayotgan talabalar oʻqishi, oʻz ustida ishlashi, dam olishi uchun barcha zarur boʻlgan shart-sharoitlarga ega. Men, ayniqsa, universitetdagi oʻquv jarayoni, shuningdek, turizm sohasida barcha kerakli maʼlumotlarga ega boy kutubxonadan juda hayratda qoldim. Ushbu bosqichda yuqori malakali kadrlarni tayyorlash muhim ahamiyatga ega, chunki mamlakat turizmining rivoji bevosita ularga bogʻliq. Ushbu jarayonda esa “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universiteti barqaror kafil sifatida xizmat qiladi” – deya eʼtirof etdi universitet matbuot xizmatiga bergan intervyusida Amira Fahmi xonim, deb xabar beradi “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universiteti matbuot xizmati.