“Mamlakatimizda diplomatik missiyasini yakunlayotgan Misrning Oʻzbekistondagi Elchisi Amira Fahmiy xonim bilan xayrlashuv uchrashuvini oʻtkazdik, – deb yozdi Oʻzbekiston TIV rahbari oʻzining telegram kanalida. – Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston-Misr ikki tomonlama munosabatlaridagi sezilarli ijobiy surʼatni alohida taʼkidlashdan mamnunmiz. Elchi xonimga davlatlarimiz oʻrtasidagi aloqalarni boyitishga qoʻshgan hissasi uchun minnatdorlik bildirib, kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz”.
Eslatib oʻtamiz, elchi Amira Fahmiy 2021-yil 23-aprelda Oʻzbekiston Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirgan edi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.