Misr gazetasi O‘zbekistondagi so‘nggi voqealarga bag‘ishlangan maqolalar nashr etdi

    OAV O‘zbеkiston haqida 28 Sentabr 2020 1094

    Misrning “Al-Xabar al-youm” gazetasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida olib borilayotgan islohotlar, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda yuz berayotgan so‘nggi voqealarga bag‘ishlangan qator xabarlar chop etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

    Ularning birida mamlakat hududlarida tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishiga e’tibor qaratilgan.

    Maqolada O‘zbekiston rahbarining tuman va shaharlarda tadbirkorlikni har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan sa’y-hakaratlari yuqori baholangan.

    Kichik biznes va mahalliy resurs soliqlarining hududlar ixtiyorida qolayotgani hamda Prezident mintaqalarni birdek rivojlantirish maqsadida Davlat soliq qo‘mitasiga mahalliy byudjetlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar bergani qayd etilgan.

    Joriy yilning 8 oyida 60 mingdan ziyod yangi kichik biznes sub’ektlari faoliyat boshlagani va ko‘plab yangi ish o‘rinlari yaratilgani ta’kidlangan.

    Yana bir maqolada O‘zbekiston Markaziy bankining mamlakatimiz 34,6 mlrd. dollar qiymatidagi oltin-valyuta zaxirasiga egaligi to‘g‘risidagi xabariga e’tibor qaratilgan.

    “Al-Xabar al-youm” gazetasi, shuningdek, Marg‘ilon shahridagi Pur Siddiq majmuasida ta’mirlash va tiklash ishlari olib borilgani to‘g‘risida ham xabar chop etdi.