Misr Qohirada bo'lib o'tadigan Arab ligasi sammitida G'azo sektorini qayta qilish rejasini taqdim etadi, dedi Misr tashqi ishlar vaziri Badr Abdel Ati.
4-mart kuni Misr poytaxtida Arab ligasining Falastin masalasi bo'yicha favqulodda sammiti bo'lib o'tadi.
Misr tashqi ishlar vazirining qo'shimcha qilishicha, reja faqat ma'qullangandan keyin istalgan xorijiy aktorga taqdim etilishi mumkin.
Misr avvalroq Falastin xalqining o'z yerlarida bo'lishini kafolatlaydigan G'azo sektorini qayta qurish bo'yicha g'oyani tez orada taqdim etish niyatida ekanini e'lon qilgan edi. Misr tashqi ishlar vaziri Badr Abdel Ati mamlakat G'azoni tiklash bo'yicha keng qamrovli va ko'p bosqichli konsepsiya ishlab chiqayotganini ma'lum qilgan edi, deb xabar beradi ria.ru.