Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining Yagona axborot tizimi ishga tushiriladi

    “Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish hamda ularni imtihondan oʻtkazish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (393-son, 20.07.2022-y.) qabul qilindi

    Misrlik mehmonlar 22-24 iyul` kunlari bo'lib o'tadigan “O'zbekiston madaniy merosi – yangi Uyg'onish davri poydevori” VI Xalqaro kongressida ishtirok etishdan bag'oyat mamnunligini bildirib, “Ming bir kecha” ertaklarida nomi zikr etilgan ko'hna Samarqand shahrini ko'rish ular uchun azaliy orzu bo'lganini urg'ulashdi.

    Muzokaralar chog'ida O'zbekiston va Misr muzeylari o'rtasida hamkorlik o'rnatish istiqbollari ham muhokama qilindi.

    Misrlik mutaxassislar mamlakatimizda muzeyshunos olimlar tayyorlash, tajriba almashish, O'zbekistonda yarmarkalar tashkil etishdan manfaatdor ekanini bildirdi.

    Elchixona ko'magida misrlik mutaxassislar Samarqanddagi xalqaro tadbirda qatnashib, O'zbekistonning jahon tamadduniga qo'shgan hissasini ilmiy doira vakillari bilan atroflicha muhokama qiladi.