Unda ta'kidlanishicha, jadal islohotlar dasturi, shuningdek, respublikada koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish barcha davlat muassasalari rahbarlarining javobgarlik darajasini oshirganligi katta ahamiyatga ega.
Bundan tashqari, barqaror iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishni qo'llab-quvvatlash maqsadida, shu jumladan, pandemiya davrida qabul qilingan Prezident hujjatlari ijrosi ustidan jamoatchilik nazorati kuchaytirilgan. Xususan, Oliy Majlis palatalariga xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan birgalikda pandemiyaga qarshi kurash doirasida qabul qilingan hujjatlar ijrosi ustidan samarali nazoratni o'rnatish tavsiya etilgan.
Nashr, shuningdek, O'zbekistonda iqtisodiy faollikni tiklash bo'yicha keng qamrovli choralar ko'rilayotganini yozadi. Xabar qilinishicha, may oyining birinchi o'n kunligidan boshlab, mamlakatda karantinni cheklovchi choralarni bosqichma-bosqich yumshatish boshlangan. Sanoat, qurilish, xizmat ko'rsatish va savdo sohalaridagi 134 mingta korxona faoliyati tiklandi. Soliq va bojxona tushumlari va tijorat banklari tomonidan berilgan kreditlar hajmi esa ko'paydi.