Misr NATOning arab davlatlari ishtirokidagi muqobilini yaratish uchun ittifoqchilar qidirmoqda

    Misr hujum ostida qolgan mamlakatlarni himoya qila oladigan NATO tipidagi harbiy ittifoq tuzish uchun arab davlatlaridan yordam olishga umid qilmoqda, deb yozdi Times of Israel, hisobotga tayanib.

    Hisobotda qayd etilishicha, NATO muqobilini yaratish taklifi ilk bor taxminan to'qqiz yil avval bildirilgan, biroq amalga oshirilmagan va bu tashabbusning muhokamasiga qaytish bilvosita Isroilning Qatarga zarbasi bilan bog'liq.

    Ma'lum qilinishicha, Qohira o'zining 20 mingga yaqin askarini qurolli kuchlar tarkibiga kiritishni taklif qilmoqda va “kerak bo'lganda ulardan foydalanishga imkon beruvchi va ularni arab mamlakatlari aholisi va ularning qurolli kuchlariga mos keladigan tarzda shakllantirish” mexanizmini ishlab chiqish ustida ishlamoqda. Ismini oshkor qilmaslik sharti bilan gapirgan misrlik rasmiyning aytishicha, Misr potensial alyansda yetakchilikni qo'lga olmoqchi, bu borada Saudiya Arabistoni ikkinchi va Fors ko'rfazi davlatlaridan biri uchinchi o'rinda bo'lishi ko'zda tutilgan, deb xabar berdi iz.ru.