Marsa al-Alam qirg'oqlari yaqinida Qizil dengizda bortida 45 kishi bo'lgan turistlar yaxtasi halokatga uchradi. Bu haqda Al-Youm as-Sabia axborot portali xabar berdi.
Unga ko'ra, yaxta bortida 14 nafar ekipaj a'zosi va 31 nafar sayyoh bo'lgan. Qutqaruvchilar ularning bir qismini topib, qirg'oqqa olib chiqishga muvaffaq bo'ldi, biroq qutqarilganlarning aniq soni hozircha e'lon qilinmadi. Voqea sodir bo'lgan Misrning Qizil dengizdagi viloyati ma'muriyati vaziyatni diqqat bilan kuzatib, qutqaruv operatsiyasiga rahbarlik qilmoqda. Turistlarning fuqaroligi haqida ma'lumot berilmadi.
Yaxta 24-noyabr kuni yo'lga chiqqan va 29-noyabr kuni Xurgadaga yetib borishi kerak edi. Yaxta dushanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 05:30 da avariya signalini yubordi. Halokat sabablari o'rganilmoqda, deb xabar beradi tass.ru.