Unda Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi, Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyi, Amaliy sanʼat va hunarmandlik tarixi davlat muzeyi, Samarqand davlat muzey-qoʻriqxonasi, Buxoro davlat muzey-qoʻriqxonasi va I.V.Savisskiy nomidagi Qoraqalpogʻiston davlat sanʼat muzeyi, Misr sivilizatsiyasi milliy muzeyi, Misr muzeyi rahbarlari hamda Misr Turizm va qadimiy yodgorliklar vazirligining masʼul xodimlari ishtirok etdilar.
Tadbir avvalida Misr vakillari Oʻzbekiston boy madaniy meros va qadimiy tarixga ega ekanligi, zaminimizdan Islom tamadduniga bebaho hissa qoʻshgan va dunyo xalqlari tomonidan haqli ravishda eʼtirof qozongan juda koʻplab alloma va mutafakkirlarning yetishib chiqqanini taʼkidlashdi.
Misr va Oʻzbekistonni qadimdan tarixiy aloqalar bogʻlab turishi, urf-odat va anʼanalarning oʻzaro yaqinligi inobatga olingani holda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan muzeylar bilan oʻzaro hamkorlik aloqalarini oʻrnatishdan manfaatdorlik bildirildi.
Xususan, hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlari, jumladan, ikki mamlakatda qoʻshma koʻrgazmalar tashkil etish yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Tadbir yakunida ikki davlat muzeylari oʻrtasida oʻzaro tajriba almashish, har ikki mamlakatdagi muzey mutaxassislarining safarlarini tashkil etish va hamkorlik aloqalarini yana bir bor muhokama etish maqsadida navbatdagi videomuloqotni oʻtkazishga kelishib olindi.