Uchrashuvda Oʻzbekiston va Misr oʻrtasidagi hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlari, jumladan, savdo-iqtisodiy, sogʻliqni saqlash sohalaridagi aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama etildi.
Muloqot chogʻida ikki davlat rahbarlarining muntazam va samarali muloqotlari tufayli Oʻzbekiston va Misr oʻrtasidagi keng qamrovli sheriklik munosabatlari jadal rivojlanayotganligi alohida qayd etildi.
Oʻzbekiston va Misr oʻrtasida barcha darajadagi muloqot va almashinuvlar davom etayotgani mamnuniyat bilan taʼkidlandi. Oʻzaro savdo hajmi va qoʻshma korxonalar soni ortib borayotganligi, qishloq xoʻjaligi, energetika va turizm sohalarida hamkorlik loyihalari amalga oshirilayotganligi alohida eʼtirof etildi.
Ikki davlat ishbilarmonlari oʻrtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash va mavjud salohiyatni toʻliq ishga solish muhimligi qayd etildi.
Muloqot davomida tomonlar kelgusidagi istiqbolli hamkorlik rejalarini muhokama qildi, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.