Jumladan, Misr Zargarlik qoʻmitasi raisi Ixab Vassef, “Kirmena Jewellery” kompaniyasi taʼsischisi Mamdux Abdalla Gabala, “King Gold” taʼsischisi Shaker Fayzi Shaker hamda “Helwan” universiteti professori Karam Mosaad Axmed Moxamed Farag kunning birinchi yarmida “Gold Moon Tashkent”, “Uzgold Jewellery” hamda “Silkway Jewellery Manufacture” korxonalarini borib koʻrdi.
Kunning ikkinchi yarmida Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi rahbari Obid Hakimov hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Misrlik mutaxassislarning mamlakatimizga tashrifi davom etadi va 28-fevralda mehmonlar Olmaliq kon metallurgiya kombinati hamda Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutiga, shuningdek 1-martda Buxoro viloyatiga tashrif buyurishi va viloyat hokimi hamda viloyatdagi hunarmand va zargarlar bilan uchrashuvlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan, deb xabar beradi Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati.