Bu haqda viloyat fuqaro muhofazasi bo'linmalari vakili ma'lum qildi.
Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, vayronalar ostida qurbonlar bo'lishi mumkin. Voqea joyiga qutqaruv guruhlari va bir nechta tez yordam mashinalari yetib kelgan, qulagan bino vayronalarini tozalash ishlari olib borilmoqda. Uy joylashgan daha politsiya tomonidan o'rab olingan.
Tergov organlari vakillari besh qavatli binoning qulashi sabablarini o'rganmoqda, deb xabar beradi report.az.