Misrda fanga nomaʼlum qushning qadimiy rasmlari topildi

    “Bu kabi qadimiy hayvonlar tasvirlari ming yillar oldin mavjud boʻlgan biologik xilma-xillikni oʻrganishga yordam beradi”, deydi mutaxassislar.

    Kvinslend universiteti (Avstraliya) olimlari qadimgi Misr “devoriy rasm”ida fanga nomaʼlum qushni topishdi. Bu haqda “Journal of Archaeological Science: Reports” xabar berdi.

    Olimlarning fikriga koʻra, bu zamonaviy odamlarga tanish boʻlmagan va katta ehtimol bilan ancha oldin yoʻq boʻlib ketgan gʻoz turi boʻlishi mumkin.

    Maʼlum qilinishicha, devoriy surat taxminan 4600-yil oldin chizilgan. Aslida, ilk marotaba XI/X asrda kashf etilgan topilma, ammo oʻsha paytda mutaxassislar tomonidan toʻliq ilmiy tahlillar asosida oʻrganilmagan.

    “Shubhasiz, hech kim bu qanday qush ekanligini tushunmagan”, dedi yangi tadqiqot muallifi doktor Antoni Romilio.

    Olimlarning taʼkidlashicha, qadimda Misrda koʻplab turdagi hayvonlar yashagan. Ularning katta qismi allaqachon yoʻq boʻlib ketgan, ammo qadimgi misrliklar ularning tasvirlarini qabrlar va ibodatxonalar devorlariga qoldirishga muvaffaq boʻlishgan.

    “Bu kabi qadimiy hayvonlar tasvirlari ming yillar oldin mavjud boʻlgan biologik xilma-xillikni oʻrganishga yordam beradi”, deydi mutaxassislar.