Bu haqda Ad-Dostor axborot portali xabar berdi.
Unga ko'ra, mazkur uyda yashaydigan yana olti nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari olib, kasalxonaga yotqizildi. Voqea joyiga 10 nafar tez yordam brigadasi, beshta qutqaruv guruhi va mahalliy hokimiyat vakillari tezda yetib keldi.
Asyut viloyati gubernatori voqea holatlarini o'rganish uchun maxsus komissiya tuzishni buyurdi. Uning sabablari haqida hozircha ma'lumot berilmadi, deb xabar beradi report.az.