Misrdan 80 ga yaqin tez yordam mashinasi G'azo sektori bilan chegaradagi Rafah nazorat punktiga yetib keldi

    CNN ma'lumotlariga ko'ra, ular mojaro avj olganidan beri birinchi marta yarador falastinliklarni davolanishga olib boradi.

    AFPning yozishicha, bir qancha xorijliklarga ham nazorat punkti orqali Misrga ketish uchun ruxsat berilgan.

    The Times of Israel nashrining yozishicha, G'azo sektorini 400 ga yaqin kishi tark etishi kerak. CNN manbalariga tayanib Qatar davlati Isroil, HAMAS va Misr o'rtasida G'azo sektoridan barcha xorijliklar va og'ir yaradorlarni evakuatsiya qilish bo'yicha kelishuvga vositachilik qilganini xabar qilmoqda. Bu kelishuvlar garovga olinganlarni ozod qilish bo'yicha muzokaralar bilan hech qanday aloqasi yo'q.

    Iordaniya qiroli Abdulloh II bin Husayn Jo Bayden bilan suhbatda insonparvarlik yordamining uzluksiz yetkazilishini ta'minlash uchun G'azoda o't ochishni to'xtatish va zudlik bilan insonparvarlik yordami zarurligini ta'kidlagan.