O‘zbekistonning Saudiya Arabistoni va Misrdagi elchixonalari hamkorligida tashkil etilgan reysda Misr aeroportida turli davlatlardan kelgan O‘zbekiston fuqarolari joy oldi.

Yamandan kelgan 55 nafar vatandosh, shuningdek, Misrdan 8 nafar, Iroqdan 4 nafar, Saudiya Arabistonidan 3 nafar, Bahrayndan 3 nafar, Avstraliyadan 3 nafar, Iordaniya va Senegaldan 1 nafardan hamyurtimiz shular jumlasidan. Shuningdek, O‘zbekistonga taklif etilgan misrlik mutaxassislar ham samolyotda olib kelindi.

Charter reysda kelgan barcha yo‘lovchilar o‘rnatilgan tartibda maxsus karantin hududlarida va mehmonxonalarda karantin muddatlarini o‘taydilar.