Umumiy hajmi 12 mingdan ortiq “Daklatasvir” dori vositalari Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan shifotalab bemorlarga taqsimlanadi.
Mutaxassislar fikricha, Misr hukumati mazkur yutuqlarga erishish uchun “100 million sogʻlom hayot” milliy dasturni ishlab chiqib, uni muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda. Bunda asosiy eʼtibor dunyoning mashhur farmatsevtika kompaniyalari bilan yaqindan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish va kengaytirishga qaratilmoqda.