Umumiy hajmi 114 qutida 3 ming donadan ortiq “Daclatasvir-60 mg” dori vositalari Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan shifotalab bemorlarga taqsimlanadi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.
Qayd etish joizki, Misr gepatit “V” va “S” viruslariga qarshi kurashda dunyo miqyosida sezilarli muvaffaqiyatlarga erishgan.
Misr Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotiga koʻra, mamlakat aholisi ushbu kasallikdan butunlay forigʻ boʻlgan.
Mutaxassislarning aytishicha, Misr hukumati mazkur yutuqlarga erishish uchun “100 million sogʻlom hayot” milliy dasturni ishlab chiqib, uni muvaffaqiyatli amalga oshiryapti. Bunda asosiy eʼtibor dunyoning mashhur farmatsevtika kompaniyalari bilan yaqindan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish va kengaytirishga qaratilgan.