Oʻzbekiston Prezidentining S gepatiti kasalligini 100 foiz davolash boʻyicha« tashabbusi ijrosi doirasida 14-dekabr kuni «Uzbekistan Airways« aviakompaniyasi Misr hukumati tomonidan mamlakatimizga insonparvarlik yordami sifatida ajratilgan “S« gepatitiga qarshi «Sofosbuvir-400mg” dori vositasini Sharm ash-Shayxdan Toshkentga yetkazish jarayonini qayta yoʻlga qoʻydi, deb xabar qilmoqda «Dunyo« AA.
Ushbu sakkizinchi partiyadagi yordam umumiy 30 dona qutilarda 7200 dona “Sofosbuvir-400mg” dori vositalarini oʻz ichiga oladi.
Dori vositalari Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan shifotalab bemorlarga taqsimlanadi.
Oʻzbekiston elchixonasi xabariga koʻra, Misr hukumati tomonidan umumiy qiymati 4,2 million AQSH dolariga teng boʻlgan jami 800 ming dona (40 tonnaga yaqin) S gepatitiga qarshi «Daklatasvir« va «Sofosbuvir«, V gepatitiga qarshi «Entekavir« dori vositalarining begʻaraz grant yordam sifatida Oʻzbekistonga berilishi boʻyicha kelishuvga erishilgan.
Hozirga qadar vazni 13,4 tonna, umumiy qiymati 1461 ming dollarga teng boʻlgan mazkur dori vositalari mamlakatimizga bosqichma-bosqich yuborildi.