Misrlik ayol akula hujumidan so'ng qo'lidan ayrildi

    Misrda ayol akula hujumiga uchradi. Oqibatda u qo'lidan ayrildi.

    Voqea kurort shahar – Dahabning qirg'oqlarida sodir bo'lgan. Misrlik ayol suzayotgan paytda yirtqich unga hujum qilgan. Hushini yo'qotgan qizni suvdan chiqarib olishdi. Unga birinchi tibbiy yordam ko'rsatilib, shifoxonaga yetkazildi. Jabrlanuvchining ahvoli barqaror.

    Dam olish maskanining hududi deyarli butunlay marjon riflari bilan qoplangan, shuning uchun u yerda sho'ng'ish sayyohlar va aholining sevimli mashg'ulotidir. Plyaj darhol suzish uchun yopildi. Akulani tutishning hali imkoni bo'lmadi, deb xabar beradi mir24.tv.