Musobaqada misrlik sportchi Nadya Hafez yetti oylik homilasi bilan musobaqada qatnashdi. Bu haqda 26 yoshli sportchi o'z chiqishlarini yakunlagach, ijtimoiy tarmoqlarda ma'lum qildi.
Hafez turnirni 1/16 finaldan – sakkiz nafar sportchi esa 1/32 finaldan boshladi. Misrlikning raqibi jahon reytingida 10-o'rinni egallab turgan amerikalik Elizabet Tartakovski bo'ldi. Amerikalik sportchi bellashuvda favoritdek tuyulgandi, chunki u yaqinda bo'lib o'tgan 2024-yilgi jahon chempionatida uchinchi o'rinni egallagan edi, ammo Olimpiadada u birinchi jangida mag'lub bo'ldi.
Keskin kurashda Hafez g'alaba qozondi, 15:13 hisobi qayd etildi. Misrlik uchun natija haqiqatan ham o'zgacha bo'ldi: 26 yoshida u uchinchi Olimpiadada qatnashdi, ammo Tokio va Rioda u birinchi jangida mag'lub bo'lgandi. Parijda u birinchi bosqichdan o'tishga muvaffaq bo'ldi. Ammo keyingi bosqichda Nadya janubiy koreyalik Xa Yeun Chonga mag'lub bo'ldi (7:15) va musobaqadan chiqib ketdi.
Musobaqani erta tark etganiga qaramay, Hofiz umuman xafa bo'lmadi. Ayol ijtimoiy tarmoqlar orqali yetti oylik homilasi bilan Olimpiadada qatnashgani haqida post qoldirdi, deb xabar beradi sport-express.ru.