Undagi kelishuv “Tabletkalar, qattiq jelatinli kapsulalar va dozalangan kukunlar shaklidagi dori vositalarini ishlab chiqarishni tashkil etish” investitsiya loyihasini amalga oshirishga qaratilgan edi.

Ushbu kelishuvga binoan, Toshkent viloyat hokimining tegishli qarori bilan, “Boʻstonliq-farm” erkin iqtisodiy zonasidan “SOLYPHAR” kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladigan loyiha uchun 8 gektar yer ajratildi. Yangi korxona Zarur ishlab chiqarish amaliyoti — GMR talablariga javob beradi.

Mazkur loyiha 2021-2024-yillarda uch bosqichda amalga oshiriladi. Yillik ishlab chiqarish quvvati 500 million dona tabletka, 200 million dona kapsula va 10 million dona sasheni tashkil etib, jami, 120 dan ortiq dori turlari ishlab chiqariladi.

“Boʻstonliq-farm” hudida barpo etiladigan yangi korxona qiymati 20 million dollardan iborat boʻlib, 200 dan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratilishi kutilmoqda, deb xabar beradi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi matbuot xizmati.