Missiya bajarildi – Oʻzbekiston yoshlari Ginnes rekordini yangiladi!

    1946 nafar isteʼdodli yosh muhandis bir vaqtning oʻzida 1946ta kichik robotni yigʻib, ulkan natija qayd etdi.

    “Yangi Oʻzbekiston” bogʻida yoshlarimiz tarixiy yutuqqa erishdi. 1946 nafar isteʼdodli yosh muhandis bir vaqtning oʻzida 1946ta kichik robotni yigʻib, ulkan natija qayd etdi. Ushbu yutuq Oʻzbekiston nomini yana bir bor “Ginnes rekordlar kitobi” sahifalariga yozdirishga sabab boʻldi.

    Bu jarayonda faol ishtirok etgan yoshlarimizni tabriklayman. Bugun oʻzbek yigit-qizlari birgalikda harakat qilsa barcha vazifalarni uddalay olishini yana bir bor isbotlashdi.