Hamkorlik doirasida yaqin kelajakda “Mobiuz” kompaniyasining talab yuqori boʻlgan mobil raqamlari birjaning mobilraqam.uzex.uz platformasida sotila boshlashi kutilmoqda.

Mazkur savdo platformasi talab yuqori kombinatsiyaga ega boʻlgan uyali aloqa raqamlarini birjaning onlayn-auksionlari orqali sotish maqsadida 2019-yilda ishga tushirilgan va hozircha “Ucell” kompaniyasining chiroyli raqamlari sotilayotgan edi.