Butun dunyoda vaksinalar ishlab chiqarish koʻpayib borayotganini hisobga olsak, koronavirus pandemiyasi 2022-yilning kuzida tugashi mumkin, — dedi Bansel.
“Agar siz soʻnggi olti oy mobaynida butun sanoat boʻylab ishlab chiqarish quvvatining kengayishiga nazar tashlasangiz, kelgusi yilning oʻrtalariga qadar yer yuzidagi hamma odamlarni emlash uchun yetarli doza paydo boʻlishi kerak”, dedi AQSH farmatsevtika kompaniyasi rahbari.
Emlashdan bosh tortganlarga kelsak, Moderna kompaniyasi bosh direktorining soʻzlariga koʻra, ularning hammasi koronavirus bilan kasallanishadi, chunki hozirda dunyoda hukmronlik qilayotgan delta shtammi yuqumli. Banselning soʻzlariga koʻra, normal hayotga toʻliq qaytish bir yilda ham kuzatilishi mumkin.