Xorvatiya terma jamoasi futbolchisi, jahon chempionati kumush medali sovrindori Luka Modrichning “Real” klubi bilan shartnoma muddati shu yilning 30-iyun kuni tugaydi. Shu bois yarim himoyachining yangi mavsumni qayerda, qaysi jamoada boshlashi koʻpchilik futbol ishqibozlarini qiziqtirayotgan edi.
Kecha “Real” va xorvatiyalik 36 yoshli futbolchi oʻrtasida yangi shartnoma imzolandi. Bu hujjatga binoan Modrich 2023-yilning 30-iyun kuniga qadar jamoani tark etmaydi.
Luka Modrich 2012-yilda “Tottenhem”dan qirollik klubi safiga oʻtgan. Oʻn yida “Real” tarkibida besh marta Yevropa Chempionlar ligasi gʻolibi boʻldi.









