Sizni tavallud kuningiz bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Sizning uzoqni koʻzlagan va dono rahbarligingiz tufayli Oʻzbekiston Respublikasi taraqqiy etayotgani, mamlakatingizning mintaqadagi va xalqaro maydondagi obroʻ-eʼtibori tobora yuksalib borayotganini mamnuniyat bilan taʼkidlamoqchiman.
Men rafiqam bilan birga Sizning goʻzal mamlakatingizga – ulugʻvor togʻlar va zilol suvli daryolar yurtiga davlat tashrifini amalga oshirganimdan, Siz Prezident Janobi Oliylari va Ziroatxon Mirziyoyeva Janobi Oliyalari bilan samimiy muloqotdan gʻoyat mamnunman, bu ikki mamlakat oʻrtasidagi tarixiy, anʼanaviy va doʻstona munosabatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Muhtaram Prezident janoblari, Siz va rafiqangizni boy tariximiz, betakror madaniyatimiz va koʻchmanchi xalqimiz beshigi boʻlgan goʻzal yurtimizga oʻzingizga qulay vaqtda davlat tashrifi bilan kelishga yana bir bor taklif etishdan gʻoyat mamnunman.
Xalqlarimiz oʻrtasidagi koʻp asrlik doʻstlik mustahkamlanib, Moʻgʻuliston va Oʻzbekiston oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlik doimo rivojlanib borsin.
Sizga va baxtiyor oilangizga mustahkam sogʻlik, baxt-saodat va farovonlik, Oʻzbekiston xalqiga esa ravnaq tilayman.
Chuqur hurmat bilan,
Uxnaagiyn Xurelsux,
Moʻgʻuliston Prezidenti