Moʻgʻulistonning shimoliy qismidan topilgan noyob Baqtriya gilamlari

    “Oʻzbekistonning madaniy merosi Moʻgʻuliston toʻplamlarida” nashrining sahifalarida Moʻgʻuliston — Tibet qoʻshma ekspeditsiyasi doirasida Moʻgʻuliston shimolidagi Noin — Uli togʻlarida olib borilgan izlanishlar natijasida topilgan noyob Baqtriya gilamlari namoyish etiladi.

    Izlanishlar 1924-25 yillarda taniqli rus sayyohi va tadqiqotchisi P.K.Kozlov rahbarligida olib borilgan.

    Mintaqa aholisining qoʻrgʻonlari koʻplab xalqlarning koʻchishi va turli xil badiiy anʼanalarning, shu jumladan, Oʻrta Osiyo xalqlarining oʻzaro taʼsiridan dalolat beruvchi moddiy madaniyat yodgorliklarini oʻrganish imkoniyatini yaratdi, deya xabar qilmoqda “Oʻzbekiston madaniy merosi loyihasi” telegram kanali oʻz sahifalarida.