Mo'jizakor ranglar ustozlar nigohida

    O'zbekiston Badiiy akademiyasining markaziy ko'rgazmalar zalida Badiiy ko'rgazmalar direktsiyasi va K.Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining “Chizmatasvir” kafedrasi professor-o'qituvchilarining turli yillarda yaratilgan ijod namunalaridan tashkil topgan ko'rgazma ochildi.

    Ko'rgazmada yurtimizning go'zal yil fasllari, kecha va kunduzning turli ko'rinishlari, turmush tarzimiz, madaniyatimiz tarixidan lavhalar, zaminimizning rang-barang ne'matlari muxlislarni zavqlantiradi, mulohazalarga chorlaydi.

    ekspozitsiyadan o'rin olgan, o'ziga xos yaratilgan “Quyoshli kun”, “Tog' manzarasi”, “Kuz manzarasi”, “Sog'inch”, “O'zbek musiqa asboblari”, “Minor masjidi”, “Kuz oqshomi” va boshqa qator ijod namunalari san'at muxlislarini befarq qoldirmaydi.

    Kafedra o'qituvchilari yoshlarga tasviriy san'at sirlarini o'rgatish bilan birga o'z ijodiy ishlari bilan xalqaro va respublika miqyosida o'tkazilayotgan ko'rgazmalarda ham ishtirok etmoqdalar.

    Hasan Abdunazarov