Avvalroq, davlat rahbari o'z vakolatlarini uzaytirishga urinayotgani haqidagi barcha mish-mishlarni barham berish uchun saylov sanasini oldindan belgilashni taklif qilgan edi. SHundan so'ng darhol Sotsialistlar partiyasi parlamentga qonunchilik tashabbusini kiritdi.
Aytish kerakki, Dodon yaqinda TASSga bergan interv`yusida uning ikkinchi muddatga saylanishini istisno qilmagan edi. Mamlakatdagi etakchi Sotsialistlar partiyasi allaqachon uning nomzodini qo'llab-quvvatlashini e'lon qilgan. 2016 yildagi saylovda yutqazgan Evropadagi harakat va birdamlik partiyasining etakchisi, sobiq bosh vazir Maya Sandu bu gal ham Dodonning asosiy raqibi bo'lishi mumkin.