Moliya vazirligi O‘zbekiston qaysi tashkilotlardan qarzdorligi haqida ma'lumot berdi

    Moliya 12 Sentabr 2020 1178

    2020 yil 1 iyul holatiga O‘zbekiston quyidagi tashkilotlardan qarzdor:

    Osiyo taraqqiyot banki – 3,9 mlrd dollar
    Jahon banki – 3 mlrd dollar;
    Xitoy eksimbanki – 2 mlrd dollar;
    Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi – 1,7 mlrd dollar;
    Xitoy davlat taraqqiyot banki - 1,3 mlrd dollar;
    Xalqaro investorlar – 1 mlrd dollar;
    Islom taraqqiyot banki – 0,8 mlrd dollar;
    Yaponiya xalqaro hamkorlik banki – 0,4 mlrd dollar;
    Boshqa xalqaro moliyaviy tashkilotlar – 3,2 mlrd dollar.

    O'zbekiston nomidan va uning kafolati ostida jalb qilingan umumiy qarz qoldig'i dastlabki hisob-kitoblarga ko'ra 19,4 milliard dollar yoki yalpi ichki mahsulotga (YaIM) nisbatan 34,0 foizni tashkil etmoqda.