Ajiniyaz Kaypnazarov 1987-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Nukus tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, 2009-yilda Qoraqalpoq davlat universiteti6ni, 2019-yilda Yaponiya milliy siyosiy izlanishlar institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2009-yilda Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi Eksportga koʻmaklashish, koʻrgazmalar oʻtkazish, zamonaviy mini-texnologiyalar va chet el investitsiyalarini jalb etish boʻlimi yetakchi mutaxassisi sifatida boshlagan. 2011-yillarda ushbu boʻlimni bosh mutaxassisi, 2013-yilda esa boʻlim boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.
2015-2017-yillarda Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasining Hududiy boʻlinmalar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi yetakchi mutaxassisi, keyinchalik ushbu boʻlimning bosh mutaxassisi.
Moliya vazirligi tizimida A. Kaypnazarov 2018-yilda Valyuta aktivlari va majburiyatlari bosh boshqarmasi Kafolatli kreditlar bilan ishlash, davlat kafolatlarini berish va ularning hisobi hamda xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik boshqarmasi bosh iqtisodchisi sifatida ish boshlagan. Bundan tashqari, Xalqaro moliya institutlari va davlatlararo moliyaviy munosabatlar bosh boshqarmasi Xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumatlarning moliyaviy tashkilotlari mablagʻlarini jalb qilish va ularni qayta moliyalashtirish boshqarmasi bosh iqtisodchisi lavozimida faoliyat yuritgan.
2019-2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat ichki va tashqi qarzi Departamenti Kredit liniyalarini jalb qilish va davlat kafolatlari boshqarmasi Xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy hukumatlarning moliya tashkilotlari bilan ishlash boʻlimi bosh iqtisodchisi
Tayinlovga qadar, Ajiniyaz Kaypnazarov Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat tashqi va ichki qarzi Departamenti Xorijiy investitsiya va dasturlar hisobini yuritish va tahlil qilish boʻlimi boshligʻi vazifasini bajaruvchisi sifatida faoliyat yuritgan.
Moliya vazirligi
Axborot xizmati