баннер
17 Mar 2025
02:48

    Moliyaviy mustaqil oliygohlar har yili 1 mlrd soʻmgacha grant eʼlon qiladi

    Bunda talabgorlar oʻz arizalari bilan har yili 20-iyulga qadar oliy taʼlim tashkilotining rasmiy veb-sayti orqali roʻyxatdan oʻtadi. Natijalar har yili 5-sentyabrga qadar eʼlon qilinadi.

    Moliyaviy mustaqillik berilgan oliy taʼlim tashkilotida GPA koʻrsatkichi 3,3 dan 4 gacha boʻlgan belgilangan toifadagi talabalarga navbatdagi oʻquv yili uchun oliy taʼlim tashkiloti granti taqdim etiladi. Bu haqda OʻzA xabar bermoqda.

    Bunda moliyaviy mustaqillik berilgan oliy taʼlim tashkilotlari har yili oʻzlarining byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan 1 mlrd soʻmgacha boʻlgan miqdorda oliy taʼlim tashkiloti grantini taqdim etadi.

    Bunda oliy taʼlim tashkiloti granti taqdim etilgan talabaning GPA koʻrsatkichi:

    • 3.3- 3,39 boʻlganda — toʻlov-kontrakt summasining 20 foizi;
    • 3.4- 3,49 boʻlganda — toʻlov-kontrakt summasining 30 foizi;
    • 3.5- 3,59 boʻlganda — toʻlov-kontrakt summasining 40 foizi;
    • 3.6- 3,69 boʻlganda — toʻlov-kontrakt summasining 50 foizi;
    • 3.7- 3,79 boʻlganda — toʻlov-kontrakt summasining 60 foizi;
    • 3.8- 3,89 boʻlganda — toʻlov-kontrakt summasining 70 foizi;
    • 3.9- 3,99 boʻlganda — toʻlov-kontrakt summasining 80 foizi miqdoridagi qismi ushbu oliy taʼlim tashkilotining byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi.

    Bunda talabgorlar oʻz arizalari bilan har yili 20-iyulga qadar oliy taʼlim tashkilotining rasmiy veb-sayti orqali roʻyxatdan oʻtadi. Natijalar har yili 5-sentyabrga qadar eʼlon qilinadi.

    Maʼlumot uchun: bunday qoʻshimcha grant beriladigan toifalar roʻyxati Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech